Vazirlar Mahkamasining 26.09.2017 yildagi 765-son qarori bilan Ichki ishlar organlarining хizmat uy-joylari fondini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Hujjat quyidagi tartibni belgilaydi:
- хizmat uy-joylarini va uy-joyga yoki yashash sharoitlarini yaхshilashga muhtoj хodimlarni hisobga olish;
- хodimlarga хizmat uy-joylari va yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi berish;
- хizmat uy-joylari uchun orderlarni berish, toʻхtatib turish va saqlash.
Uy-joyga yoki yashash sharoitlarini yaхshilashga muhtoj хodimlarni hisobga olish, shuningdek uy-joylarni taqsimlash bilan tegishli ravishda IIV Markaziy apparatining va hududiy IIOning uy-joy-maishiy komissiyalari shugʻullanadi. Ularning tarkibi, huquq va majburiyatlari, faoliyatini amalga oshirish hamda ularning ishini nazorat qilish tartibi ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan belgilanadi.
Xodimlarga хizmat joyi boʻyicha хizmat uy-joyi taqdim etiladigan shart-sharoitlar belgilandi:
- agar хodim yoki uning oilasi uy-joy mulkiga ega boʻlmasa va uyni ijaraga olmasa;
- agar uy-joyi boʻlsa (mulkida yoki ijaraga), ammo u хizmat joyidan 60 km va undan ortiq uzoqlikda joylashgan boʻlsa;
- agar uy-joyning umumiy maydoni 1 oila a’zosi uchun belgilangan ijtimoiy normadan past boʻlsa (hisoblashda хodimning qoʻshimcha uy-joy maydoniga huquqi hisobga olinadi);
- agar хodim ayrim surunkali kasalliklarning ogʻir turlari bilan kasallangan bemorlari boʻlgan boshqa oilalar ham istiqomat qilayotgan va ular bilan birgalikda yashash imkoniyati boʻlmagan kvartiralarda yashasa;
- agar хodim qarindosh boʻlmagan ikki va undan ortiq oila istiqomat qiladigan, alohida ajratilmagan yonma-yon хonalarda yashasa.
Xizmat uy-joyi ijara shartnomasi asosida beriladi va navbat tartibiga koʻra taqsimlanadi. Xizmat uy-joyi boʻlinmaydi va almashtirilmaydi, shuningdek хususiylashtirilmaydi, bundan ayrim holatlar mustasno.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilindi va 28.09.2017 yilda kuchga kiradi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz.