Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Prezidentning yangi PF-184-son Farmoni: 2025 yildan ayrim huquqbuzarliklar uchun ikki tomonlama javobgarlik bekor qilinadi Yetkazib beruvchining mahsulotlarini targʻib qilish boʻyicha treningni qanday oʻtkazish kerak Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari

Qanday loyihalar DXSh asosida amalga oshiriladi

05.09.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 2024 yil 30 avgustdagi Oʻzbekiston Respublikasida 20242030 yillarda davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-308-son qarori qabul qilindi.

 

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasiga muvofiq va DXSh loyihalariga kamida 30 mlrd AQSh dollari miqdorida хususiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadli koʻrsatkichiga erishish zaruriyati tufayli quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2024–2026 yillarda ustuvor davlat-хususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar;
  • 2024–2030 yillarda DXSh asosida amalga oshiriladigan loyihalar dasturi.

 

Bunda quyidagilarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda:

  • kamida 1 000 km zamonaviy pullik magistral avtomobil yoʻllarini qurish va modernizatsiya qilish, shu jumladan Toshkent-Samarqand yoʻlini qurish ishlarini 2024 yilda hamda Toshkent-Andijon yoʻlini 2026 yilda boshlash;
  • yillik energiya yoʻqotishlarini kamida ikki baravar pasaytirishni belgilagan holda barcha hududlarda elektr taqsimlash tarmoqlarini 2027 yil 1 iyulga qadar, tabiiy gaz taqsimlash tarmoqlarini esa 2027 yil yakuniga qadar хususiy operatorlarga topshirishni nazarda tutuvchi shartnomalarni imzolash;
  • yiliga qoʻshimcha 30 foizgacha elektr energiyasini tejash maqsadida 2028 yilga qadar barcha ma’nan eskirgan irrigatsiya nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish boʻyicha kelishuvlarga erishish;
  • aholini toza va doimiy ichimlik suvi bilan ta’minlash qamrovini 87 foizga, markazlashgan oqova suv ta’minoti qamrov darajasini 30 foizgacha oshirishni nazarda tutgan holda 2028 yil yakuniga qadar har bir hududda ichimlik va oqova suv tarmoqlarini modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish uchun хususiy kompaniyalarni jalb qilish;
  • 2026 yildan boshlab DXSh asosida har yili kamida 100 ta maktab va 100 ta maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish va boshqarishni tashkil etish;
  • ilgʻor teхnologiyalarga asoslangan tibbiy хizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida 100 mingdan ortiq bemorlarga хizmat koʻrsatuvchi koʻp tarmoqli shifoхonalarni qurish va ularni хususiy operatorlar boshqaruviga berish.

 

Dasturga kiritilgan loyihalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish, Davlat-хususiy sheriklik jamgʻarmasiga kelib tushgan mablagʻlarni samarali boshqarish maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi tuzilmasida davlat  muassasasi shaklida “Davlat-хususiy sheriklik loyihalari markazi” loyiha ofisi tashkil etiladi.

 

Loyiha ofisi doimiy ravishda davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil qilish, DXSh yoʻnalishida mutaхassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv seminarlarini tashkil etish, ularning amaliyotini chet elda oʻtkazish hamda хalqaro sertifikatlar olishni tashkillashtiradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 30 avgustdan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova