Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Qanday tibbiyot buyumlariga QQS boʻyicha imtiyoz tatbiq etilmaydi

06.10.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 22.09.2017 yildagi 752-son qarori bilan tayyor dori vositalari va tibbiyot buyumlarini import qilishni tartibga solish bilan bogʻliq Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 211-moddasi 6-bandida koʻzda tutilgan import qilinayotganda qoʻshimcha qiymat soligʻi boʻyicha imtiyoz tatbiq etilmaydigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari roʻyхatiga avval mavjud boʻlmagan 8 ta tibbiyot buyumlari nomi kiritildi (jadvalga qarang).

 

Shu tariqa, qonunchilikning barcha qoidalari va shartlari (25.02.2011 yildagi 49-son VMQ; 11.05.2011 yildagi 132-son VMQ) endi ushbu koʻrsatilgan tibbiyot buyumlariga ham tatbiq etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilindi va 5.10.2017 yilda kuchga kirdi.  

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  



Zumrad Niyazmetova, advokat.