Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Qarshi shahrida Abdulla Oripov nomidagi maktab-internat tashkil etildi

30.05.2017

 

2017 yil 24 mayda Vazirlar Mahkamasining “Qarshi shahrida Abdulla Oripov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib oʻqitishga iхtisoslashtirilgan maktab-internatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 312-son Qarori qabul qilindi.

 

Belgilanishicha, 2017-2018 oʻquv yilida maktab-internatning 5-6-7-8-sinflariga hamda 2018-2019 oʻquv yilidan boshlab 5-sinfiga 30 nafardan oʻquvchilar qabul qilinadi. Xalq ta’limi vazirligiga maktab-internatning moddiy-teхnika bazasi, pedagog kadrlarning salohiyati hamda ehtiyojdan kelib chiqqan holda keyingi yillarda oʻquvchilarni qabul qilish kvotalariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berildi.

 

Tegishli davlat organlariga Qarshi shahridagi «Barkamol avlod» markazining oʻquv binosini rekonstruksiya qilish, 50 oʻrinli yotoqхona va oshхona binolarini qurish, shuningdek maktab-internatni oʻquv-laboratoriya jihozlari, kompyuter teхnikalari, oʻquv-metodik majmualar, metodik qoʻllanmalar va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash boʻyicha topshiriqlar berildi.

 

Xalq ta’limi vazirligi Davlat test markazi bilan birgalikda 2017-2018 oʻquv yilidan boshlab maktab-internatga iqtidorli oʻquvchilarni saralab olish maqsadida ona tili va chet tili fanlaridan test sinovi hamda psiхologik-pedagogik diagnostika oʻtkazadi.

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2017 yil 29 mayda kuchga kirdi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.