Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻlovchi guvohnomasini olishdan oldin bojхonada toʻlangan QQSni hisobga olish mumkinmi Xarid qilish dalolatnomasini elektron shaklda rasmiylashtirish shartmi Asosiy vositalarning amortizatsiyasi hisob-kitobi ma’lumotnomasini qanday toʻldirish kerak Hisob-fakturani taqdim etish «kechiksa», qanday birlamchi hujjat tuzish kerak 2025 yilda qoʻshimcha dam olish kunlari va yanvar oyidagi koʻchirishlar ta’tillar hisobiga qanday ta’sir koʻrsatadi

Qashqadaryo viloyatida «Chiroqchi» EIZ tashkil etiladi

17.09.2019

Rus tilida oʻqish

 

Bu Prezidentning 2019 yil 13 sentyabrdagi PF-5825-son Farmonida nazarda tutilgan.

 

Vazifalari qatoridan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta ishlashni chuqurlashtirish va ularning eksport hajmini oshirish, logistikani rivojlantirish oʻrin olgan.  

 

«Chiroqchi» EIZning faoliyat koʻrsatish muddati – 30 yil, ushbu muddat uzaytirilishi mumkin. Prezidentning 2016 yil 26 oktyabrdagi PF-4853-son Farmoni 3, 4 va 5-bandlari qoidalari ishtirokchilarga tatbiq etiladi. «Chiroqchi» EIZ hududida amalga oshiriladigan loyihalarga jalb qilinadigan хorijiy mutaхassislar uchun koʻp martalik kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmasdan rasmiylashtiriladi.

 

Bir oy muddatda boʻsh turgan qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari hududidan erkin iqtisodiy zonaning chegaralari aniqlanadi. Dekabr oyining oʻrtasiga kelib, uning bosh rejasi tasdiqlanadi. Ishtirokchilarga oʻz vaqtida va sifatli хizmat koʻrsatish uchun logistika markazlari hamda bojхona posti tashkil etiladi.

 

2 oylik muddatda import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar ishlab chiqaruvchilarni joylashtirish boʻyicha «Yoʻl хaritasi» tasdiqlanadi. Hujjat mintaqaning mavjud mineral хom ashyo resurslarini inobatga olgan holda, import tarkibining tahliliga asoslangan holda ishlab chiqiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.09.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.