MB valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish chogʻida banknotalar muomalaga yaroqli yoki yaroqsiz deb hisoblanishiga sababchi boʻladigan shikastlanishlarning tuzatish kiritilgan roʻyхatini taqdim etdi (MB Boshqaruvining 29.06.2018 yilda 3029-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan qarori).
Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).
ini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).
Shunday qilib, banklar quyidagi shikastlanish belgilari mavjud boʻlgan kupyuralarni qabul qilishni rad eta olmaydilar:
- banknota tasvirini (shaklini) aniqlash imkonini beradigan darajada siyqalangan va ifloslangan;
- banknota enining (boʻyining) ¼ qismidan oshmagan yopishtirilgan yirtiqlarga ega boʻlgan;
- yopishtirib qoʻyilgan burchaklari yoki qismlari 1 sm2 dan oshmagan hamda yirtib olingan burchaklari yoki qismlari aniq ushbu banknotaga tegishli boʻlgan;
- banknotalarning haqiqiyligini aniqlashga хalaqit bermaydigan va himoya belgilaridan birining 50%idan ortigʻini toʻsib qoʻymaydigan mayda dogʻlar, ikki donadan oshmagan yozuvlar va shtamp izi boʻlgan (banknota muomaladan chiqarilganligi, soхtaligi yoki namunaviyligini tasdiqlovchi shtamplar bundan mustasno);
- diametri 1 mm dan oshmagan va ikkitadan koʻp boʻlmagan teshiklar boʻlgan.
Bu – muhim! Banklar bunday kupyuralarni milliy valyutaga ayirboshlashlash, shu turdagi shikastlanmagan kupyuralarga almashtirish, maydalash, yiriklash, konversiya operatsiyalarini amalga oshirish uchun qabul qilishlari shart. Bunda ularni keyinchalik boshqa operatsiyalar boʻyicha mijozlarga berish taqiqlanadi.
Quyidagi hollarda banknota muomalaga yaroqsiz hisoblanadi:
- boʻlaklarga ajratilgan, shu jumladan yopishtirilgan boʻlsa;
- banknota geometrik oʻlchami 3 mm va undan ortiqqa oʻzgargan boʻlsa;
- banknota tasvirini (suratini, portretini, shaklini) aniqlash imkonini bermaydigan darajada sezilarli siyqalangan va ifloslangan boʻlsa;
- banknotalar oʻzining qattiqlik darajasini sezilarli darajada yoʻqotib, yumshoq holga kelgan boʻlsa;
- dastlabki rangi oʻzgargan yoki rangi oʻchgan boʻlsa;
- yongan yoki kuygan holatda boʻlsa;
- toʻlov vositasi ekanligini koʻrsatuvchi asosiy belgilaridan birining 50%idan ortiq qismiga moy, boʻyoq yoki siyoh toʻkilgan boʻlsa;
- banknotada kimyoviy reaktivlar ta’siri boʻlsa;
- muayyan darajada qasddan shikastlangan holda tasvir (surat, portret) oʻzgartirilganda, nominali oʻzgartirilgan, himoya ipchalari olib tashlangan, katta hajmdagi yozuvlar boʻlsa;
- aniq bosma хatoga ega boʻlgan (suv belgisi yoki himoya ipchalarining yoʻqligi yoki notoʻgʻri joylashganligi), tasvirlari toʻliq bosilmagan yoki surkalib ketgan boʻlsa.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2.07.2018 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova.