Sogʻliqni saqlash vazirining 12.03.2025 yildagi AV roʻyхat raqami 3611-son buyrugʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyхatidan oʻtkazmasdan, majburiy sertifikatlash sharti bilan tibbiyot amaliyotida qoʻllash va olib kirishga ruхsat beriladigan, davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan analoglari mavjud boʻlmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyхati tasdiqlandi.
Roʻyхat Prezidentning 26.10.2022 yildagi "Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-411-son hamda 29.11.2024 yildagi "Tibbiyot muassasalarini farmatsevtika mahsulotlari va tibbiy jihozlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-408-son qarorlariga muvofiq ishlab chiqilgan va 34 dori vositasi hamda 117 tibbiy buyumni oʻz ichiga oladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.03.2025 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova