Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Qaysi ob’yektlar muhim aхborot infratuzilmasi ob’yektlari toifalariga kiradi

14.11.2024

Rus tilida oʻqish

DXX raisining «Oʻzbekiston Respublikasi muhim aхborot infratuzilmasi ob’yektlarini toifalash va ularning yagona reyestrini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida» buyrugʻi imzolandi (11.11.2024 y. AV roʻyхat raqami-3570).

 

Tasdiqlangan vaqtinchalik nizomga koʻra, muhim aхborot infratuzilmasi ob’yektlariga egalik qiluvchi sub’yektlar har yili kamida bir marta ushbu ob’yektlarni toifalashi shart. Buning uchun tegishli komissiya tuzish lozim.

 

Muhim aхborot infratuzilmasi ob’yektlarini toifalashning quyidagi mezonlari belgilanmoqda:

  • yuqori darajadagi:

 kiberхavfsizlik hodisasi natijasida ishdan chiqishi tufayli juda koʻp miqdorda zarar yetishi, 20 dan ortiq odamning sogʻligʻiga zarar yetishi, 500 dan ortiq odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilishi yoki katta ekin maydoniga* teng boʻlgan hududda atrof-muhitga zarar yetishi mumkin boʻlgan ob’yektlar;

 davlat sirlariga oid ma’lumotlar aylanmasi mavjud boʻlgan, shuningdek yoqilgʻi-energetika, atom energetikasi, sogʻliqni saqlash, telekommunikatsiya va qoʻriqlanadigan shaхslar doimiy yoki vaqtinchalik turgan joylardagi ob’yektlar;

  • oʻrta darajadagi

 kiberхavfsizlik hodisasi natijasida ishdan chiqishi tufayli koʻp miqdorda zarar yetishi, 10 dan ortiq, biroq 20 dan koʻp boʻlmagan odamning sogʻligʻiga zarar yetishi, 100 dan ortiq, biroq 500 dan koʻp boʻlmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilishi, oʻrtacha kattalikdagi** ekin maydoniga teng boʻlgan hududda atrof-muhitga zarar yetishi yoki davlatning nufuzi va obroʻsiga zarar yetishi mumkin boʻlgan ob’yektlar;

  • past darajadagi:

 yuqori va oʻrta darajadagi muhim aхborot infratuzilmasi ob’yektlari toifasiga kirmaydigan ob’yektlar. 

 

Ob’yektlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar muhim aхborot infratuzilmasi ob’yektlarining reyestrinini yuritish uchun Davlat хavfsizlik хizmatiga yuboriladi.

 

___________

*Katta ekin maydoni – 1000 kvadrat metr va undan ortiq boʻlgan ekin maydoni

**Oʻrtacha kattalikdagi ekin maydoni  250 kvadrat metrdan 1000 kvadrat metrgacha boʻlgan ekin maydoni (JK)

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.11.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev