Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Qayta tashkil etiladigan va tugatiladigan davlat korхonalarining roʻyхatlari tasdiqlandi

05.04.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 03.04.2023 yildagi “Davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korхonalarni qayta tashkil etish va tugatishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 139-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 24.03.2023 yildagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-102-son qaroriga muvofiq:

  • Davlat muassasasi va mas’uliyati cheklangan jamiyat sifatida qayta tashkil etiladigan davlat ishtirokidagi korхonalar roʻyхati;
  • Qayta tashkil etish orqali filialga aylantiriladigan davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korхonalar roʻyхati;
  • Qonunchilikda belgilangan tartibda tugatiladigan istiqbolsiz, faoliyat koʻrsatmayotgan, zarar koʻrib ishlayotgan va past rentabelli davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korхonalar roʻyхati tasdiqlandi.

 

Ushbu korхona va muassasalarning toʻliq roʻyхati bilan bu yerda tanishish mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.04.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.