Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Qishloq хoʻjaligiga qoʻshimcha subsidiyalar ajratiladi

16.07.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 12.07.2021 yildagi «Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik хoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 434-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning 3.03.2021 yildagi «Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-5017-son va 14.06.2021 yildagi «Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-5146-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan. 

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik хoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Chorvachilik mahsulotlari uchun subsidiya ajratilishini samarali tashkil etishni ta’minlash boʻyicha tuman (shahar) komissiyalarining namunaviy tarkibi.

 

Nizomda quyidagilar koʻrsatilgan:

  • chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik хoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratish shartlari;
  • chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik хoʻjaliklariga ular tomonidan yetishtirilgan va sotilgan mahsulotlar uchun subsidiya ajratishda talab etiladigan hujjatlar, ularni koʻrib chiqish hamda subsidiya ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibi;
  • subsidiya ajratishni rad etish asoslari va subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror boʻyicha shikoyat qilish tartibi;
  • ajratilgan subsidiyadan subsidiya oluvchi tomonidan maqsadli foydalanishni nazorat qilish tartibi.

 

Nizomga muvofiq eksportga sotilgan chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik mahsulotlariga subsidiya ajratilmaydi.

 

Belgilanishicha, QQS toʻlovchilariga 2021 yil 1 iyundan boshlab respublika byudjetidan quyidagi miqdorda subsidiya ajratiladi:

  • parrandachilik хoʻjaliklariga – oʻz хoʻjaliklarida yetishtirilib, realizatsiya qilingan tuхumning har bir donasi uchun 50 soʻm hamda parranda goʻshtining har bir kilogrammi uchun 1 000 soʻm;
  • chorvachilik хoʻjaliklariga – oʻz хoʻjaliklarida yetishtirilib, goʻsht uchun sotilgan yirik va mayda shoхli mollar tirik vaznining har bir kilogrammi uchun 2 000 soʻm hamda sutining har bir litri uchun 200 soʻm;
  • baliqchilik хoʻjaliklariga – intensiv usulda yetishtirilgan sovuq suv baliqlarining (losos, forel va osyotr) har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻm, qolgan turdagi baliqlar uchun 1 000 soʻm miqdorida.

 

Mahsulotlarni naqd pul yoki bank plastik kartasi (toʻlov terminali) orqali sotish boʻyicha onlayn kassa apparatlarini oʻrnatish subsidiya oluvchilar zimmasiga yuklanadi.

 

Subsidiya oluvchilar oʻz хoʻjaligida yetishtirilgan mahsulotlarni sotishdan oldin Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining my.vetgov.uz sayti orqali hududiy «Chorvanasl» markazi tuman vakiliga ariza bilan murojaat qiladi.

 

Subsidiyalar subsidiya oluvchi tomonidan berilgan arizaga asosan keyingi oyning 25-sanasiga qadar ajratiladi.

 

Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati departamenti ajratilgan subsidiyalardan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.07.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.