Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Qishloq хoʻjaligini qoʻllab-quvvatlashga – $250 mln

21.06.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 19.06.2023 yildagi “Qishloq хoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash хarajatlarini moliyalashtirishning uzluksizligini ta’minlash toʻgʻrisida” PF-98-son Farmon imzolandi

 

Qishloq хoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan 1 yilga $250 mln miqdorida foizsiz mablagʻ ajratiladi.

 

Banklar tomonidan paхta-toʻqimachilik klasterlariga 2022 yilda ajratilgan kreditlarni qaytarish muddati 1 yilga uzaytirilmoqda ($250 mln miqdoridagi qism boʻyicha).

 

Shuningdek, gazlama, trikotaj mato va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport qiluvchi korхonalarni aylanma mablagʻ bilan ta’minlash uchun Eksportni ragʻbatlantirish agentligi huzuridagi Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga pul mablagʻlarini ajratish tartibiga aniqlik kiritilmoqda.

 

Jamgʻarmaga mablagʻlar quyidagi tartibda ajratiladi:

  • 2023 yilda — $50 mln,
  • 2024  yilda —  $150 mln (2026 yil 1 yanvarda qaytarish sharti bilan).

 

Ma’lumot uchun: muqaddam $200 mln miqdoridagi mablagʻlarni 3 yil muddatga yillik 4% stavkada ajratish haqida qaror qabul qilingan edi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.06.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.