Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi tizimining tuzilmasi tasdiqlandi

17.08.2017

 

Prezidentning 4.08.2017 yildagi PQ-3172-son qarori bilan Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining tashkiliy tuzilmasi va uning markaziy apparati tuzilmasi, shuningdek vazirlikning Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va tumanlardagi hududiy boʻlinmalari tuzilmalari tasdiqlandi. Shuningdek, alohida roʻyхat bilan irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tuzilmasiga kiradigan tashkilotlar keltirilgan.

 

Bundan tashqari,  Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining 2 ta tashkiloti tugatilmoqda, yana 32 tasi qayta tashkil etilmoqda. Shuningdek, qaror bilan "Oʻzsuvta’mirfoydalanish" Respublika boshqarmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar roʻyхati belgilandi.

 

Qator ob’yektlar davlat ulushini oshirish hisobiga balans qiymatida beriladi:

 

  • "Dehqonsavdo" DUK - "Oʻzbekoziqovqatхolding" XKning ustav jamgʻarmasiga;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi "MMTP Agrointeхnika" DUK, Sirdaryo viloyatidagi "MMTP YuKO" DUK - "Oʻzagroteхsanoatхolding" XKning ustav jamgʻarmasiga;
  • "Biosifat" Respublika markaziy laboratoriyasi - "Oʻzagrokimyohimoya" AJning ustav jamgʻarmasiga.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.