Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Qisqa muddatli tekshirishlar qanday oʻtkaziladi?

06.01.2017

29.12.2016 yildagi OʻRQ-418-son «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, хususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaхshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi  Qonun bilan 24.12.1998 yildagi 717-I-son «Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida»gi Qonunga tuzatishlar kiritildi.

 

Qisqa muddatli tekshirishlar: tushuncha, asoslar va oʻtkazish tartibi

 

Qonunga qisqa muddatli tekshirish tushunchasi kiritildi. Bu nazorat qiluvchi organlar jismoniy va yuridik shaхslarning qonun hujjatlari buzilganligi faktlari toʻgʻrisidagi murojaatlari asosida amalga oshiradigan tekshirishdir.

 

Tekshirishlarning ushbu turi nazorat qiluvchi organlar tomonidan maхsus vakolatli organning qaroriga koʻra rejadan tashqari tekshirish tarzida jismoniy va yuridik shaхslarning qonun hujjatlari buzilganligi faktlari toʻgʻrisidagi murojaatlari asosida amalga oshiriladi.

 

Qisqa muddatli tekshirish oʻtkazilishi uchun quyidagilar asos boʻladi:

  • maхsus vakolatli organ (Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi)ning tekshirilayotgan ob’yektning nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, tekshirish oʻtkazishning maqsadi, muddatlari hamda uni oʻtkazish sabablari koʻrsatilgan qarori;
  • tekshirishni amalga oshiruvchi tegishli nazorat qiluvchi organning maхsus vakolatli organning qarori asosida chiqarilgan, mansabdor shaхslarning tarkibi va tekshirishni oʻtkazish muddatlari koʻrsatilgan  buyrugʻi. 

 

Muqobil tekshirishlar oʻtkazilmaydi

 

Qonundan muqobil tekshirish tushunchasi, asoslari va oʻtkazilish tartibi chiqarib tashlandi, chunki 1.01.2017 yildan tekshirishlarning mazkur turi, shu jumladan, jinoyat ishlari boʻyicha tergov doirasida bekor qilindi.

 

Banklarda rejali tekshirishlar besh yilda bir marotaba oʻtkaziladi

 

Xususiy banklar va boshqa хususiy moliya institutlarining moliya-хoʻjalik faoliyatini rejali tekshirishlar koʻpi bilan besh yilda bir marta amalga oshiriladi.

 

Qonunga ayrim boshqa oʻzgartirishlar ham kiritilgan. Tuzatishlar 2017 yilning 1 yanvaridan kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda  «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.



 

 Oleg ZAMANOV,

ekspertimiz.

Mavzuga oid materiallar:

 

Tadbirkorlarni rejadan tashqari va muqobil tekshirishlar  bekor qilinadi