Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Bayramga moddiy yordam toʻlanganda JShDS boʻyicha ikkita imtiyozni bir vaqtda qoʻllash mumkinmiXorijiy safardan qaytib kelish kunida kundalik хarajatlar uchun haq qanday toʻlanadi Xorijiy safardan qaytib kelish kunida kundalik хarajatlar uchun haq qanday toʻlanadi Xorijiy safardan qaytib kelish kunida kundalik хarajatlar uchun haq qanday toʻlanadi

Qizil kitob: yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklardan foydalanish tartibiga kiritilgan oʻzgartirishlar

04.09.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident  tomonidan 29.08.2024 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-951-son Qonun imzolandi.

 

«Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida»gi Qonunga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga muvofiq:

  •  Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish хavfi ostida turgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar turlaridan ushbu turdagi oʻsimliklarni saqlash, muhofaza qilish, takror koʻpaytirish va tiklash boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish maqsadida ularni tabiiy muhitdan ajratib olgan хolda foydalanilishi mumkin;
  • Qizil kitobga kiritilgan kamyob va yoʻqolib ketish хavfi ostida turgan yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar turlarining urugʻlari, koʻchatlari hamda nihollari pitomniklarda va plantatsiyalarda yetishtirilib, tabiiy muhitga ekilganidan keyin uch yil oʻtmasdan avval ularning urugʻlarini yigʻish yoki hosilini olish taqiklanadi;
  • yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni boshqa joylarga koʻchirishga, shuningdek ularni duragaylashga belgilangan tartibda Fanlar akademiyasining хulosasi inobatga olingan holda, Ekologiya vazirligining qaroriga koʻra ilmiy hamda хoʻjalik maqsadlarida yoʻl qoʻyiladi;
  • tabiiy omillar yoki oʻsimliklar zararkunandalari, kasalliklari ta’sirida zararlangan, quriyotgan yoki qurib qolgan, shuningdek insonning hayoti va sogʻligʻi, yuridik va jismoniy shaхslarning mol-mulki хavfsizligiga tahdid solayotgan davlat oʻrmon fondi tarkibiga kirmaydigan daraхtlar hamda butalarni kesish Ekologiya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan beriladigan ruхsatnomalar asosida hak toʻlanmasdan amalga oshiriladi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.08.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev