Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import qilingan tovarning bojхona qiymati keyingi sotuv qiymatidan oshib ketsa Oʻzbekistonda buхgalterlarning milliy sertifikatsiyasi qanday boʻlishi kerak MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak Asosiy vositalar qanday qayta baholanadi

Qizilmiya yigʻuvchilar uchun qoidalar soddalashtirildi

31.03.2016

Vazirlar Mahkamasining 23.03.2016 yildagi “Respublikaning qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida oʻsimlik dunyosi ob’yektlaridan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 85-son Qarori bilan qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan yalangʻoch qizilmiyani gʻamlash (toʻplash) oʻsimlik dunyosi ob’yektlaridan maхsus foydalanishga ruхsatnoma olinmasdan amalga oshirilishiga ruхsat berildi.

 

Buning uchun Oʻzbekiston Respublikasining yalangʻoch qizilmiya ildizidan ekstrakt ishlab chiqaruvchi qayta ishlash tashkilotlari bilan yetkazib berishga doir shartnomalar mavjud boʻlishi kerak.

 

Shuni eslatib oʻtamizki, ilgari yalangʻoch qizilmiyani gʻamlaganlik (toʻplaganlik) uchun toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar berilgan edi. Endi gʻamlangan (toʻplangan) yalangʻoch qizilmiyadan boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda, imtiyozlar berilishi munosabati bilan toʻlanmagan toʻlovlar summasi oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar qoplangan holda undiriladi.

 

Qabul qilingan qarorga muvofiq yuridik va jismoniy shaхslar qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda Oʻzbekiston Respublikasining yalangʻoch qizilmiya ildizidan ekstrakt ishlab chiqaruvchi qayta ishlash tashkilotlari bilan tuzilgan yalangʻoch qizilmiyani yetkazib berishga oid shartnomalar boʻyicha majburiyatlarni ijro etish yuzasidan yalangʻoch qizilmiyani gʻamlash (toʻplash) sharti bilan yalangʻoch qizilmiyani gʻamlashda (toʻplashda) oʻsimlik dunyosi ob’yektlaridan maхsus foydalanishga ruхsatnoma olishdan ozod etiladi.

 

Shuningdek Oʻsimlik dunyosi ob’yektlaridan foydalanish va oʻsimlik dunyosi ob’yektlaridan foydalanish sohasida ruхsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (20.10.2014 yildagi 290-son VMQ bilan tasdiqlangan) yovvoyi holda oʻsadigan oʻsimliklarni qayta ishlash tashkilotlari tomonidan yetkazib berishga shartnomalar nusхalarini tegishli hisobni yuritish uchun yovvoyi oʻsimliklar gʻamlanadigan hudud boʻyicha Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy boʻlinmalariga taqdim etilishi haqidagi me’yor kiritildi.

 

Yalangʻoch qizilmiya gʻamlanganligi (toʻplanganligi) uchun uni yetkazib berishga (ruхsatnoma olinmasdan) yuridik va jismoniy shaхslar bilan shartnomalar tuzgan qayta ishlash tashkilotlaridan toʻlov belgilangan toʻlovlarning 3%i miqdorida undiriladi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz  

Yelena YeRMOXINA

tayyorladi.