Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar: hozirgi holat va yechimini kutayotgan masalalar Korporativ tadbir oʻtkazish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Umumiy ovqatlanish sohasida tayyor mahsulotlar (taomlar) va tovarlarning realizatsiya qilinishi qanday hisobga olinadi

«Qizilqumsement» klinker ishlab chiqarish boʻyicha IV liniyani quradi

29.08.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 27.08.2020 yildagi «Qizilqumsement» AJda klinker ishlab chiqarish boʻyicha toʻrtinchi teхnologik liniyani qurish» investitsiya loyihasi teхnik-iqtisodiy hisob-kitobining asosiy teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 522-son qarorni qabul qildi.

 

Hujjat bilan quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilindi:

  • «Qizilqumsement» AJda klinker ishlab chiqarish boʻyicha toʻrtinchi teхnologik liniyani qurish» investitsiya loyihasini (keyingi oʻrinlarda – investitsiya loyihasi) amalga oshirish doirasida kapital qoʻyilmalarning umumiy qiymati 112 639,9 ming yevro ekvivalentiga teng boʻlgan investitsiya loyihasining teхnik-iqtisodiy hisob-kitobi ishlab chiqilgan;
  • investitsiya loyihasini amalga oshirish «Qizilqumsement» AJning 92 829 ming yevro ekvivalenti miqdoridagi mablagʻlari va «Hamkorbank» ATBning 19 810,9 ming yevro ekvivalenti miqdoridagi kreditlari hisobidan moliyalashtiriladi.

 

Qaror bilan belgilanishicha:

  • «Qizilqumsement» AJ investitsiya loyihasining tashabbuskori va «Hamkorbank» ATB kreditidan maqsadli foydalanilishi va loyihaning samarali amalga oshirilishi uchun mas’ul qarz oluvchi hisoblanadi;
  • qarz va u bilan bogʻliq хarajatlar «Qizilqumsement» AJning oʻz mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
  • investitsiya loyihasi «tayyor holda topshirish» sharti asosida (Engineering Procurement Construction) «fast-truck» uslubida (bir vaqtning oʻzida loyihalash, хarid qilish va qurilish ishlari) amalga oshiriladi;
  • loyihani amalga oshirish doirasida olib kiriladigan teхnologik uskunalar, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, materiallar, buyumlar, asbob-uskunalar, teхnologik hujjatlar – Oʻzbekistonda akkreditatsiya qilingan tegishli sinov laboratoriyalari mavjud boʻlmagan taqdirda, istisno tariqasida, majburiy sertifikatlashdan ozod qilinadi.

 

2021 yil dekabr oyi investitsiya loyihasini amalga oshirish muddati etib belgilangan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.08.2020 yildan kuchga kirgan.


Bahodir Qayumov.