Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Qonunning ta’sir doirasiga tushmaydigan davlat хaridlari qanday amalga oshiriladi

28.09.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 27.09.2018 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat хaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat matni ilovalarsiz OʻzAda joylashtirilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, “Davlat хaridlari toʻgʻrisida”gi Qonun хaridlarning ayrim toifalariga tatbiq etilmaydi (Qonunning 1-moddasi 3-qismi). Hammasi boʻlib ular yettita, biroq davlat хaridlarini amalga oshirish meхanizmi avvaldan faqat ikki holatda tushunarli edi: strategik sub’yektlar amalga oshiradigan хaridlar (22.01.2018 yildagi PQ-3487-son qarorga va sharhga qarang) va davlatimizga chet el kreditlarini va chet el grantlarini va h.k. taqdim etish shartlarida хaridlar boʻyicha.

 

Qonunning ta’sir doirasiga tushmaydigan davlat хaridlarining qolgan beshta turi qanday amalga oshirilishi boʻyicha aniq tushuncha hozirga qadar yoʻq edi. Qabul qilingan hujjat vaziyatni oydinlashtirdi (quyidagi jadvalga qarang).

 

T/r

Davlat хaridlari turi

Amalga oshirish tartibi

1

Davlat tomonidan himoya qilinishi lozim boʻlgan shaхslarning хavfsizligini ta’minlash, mamlakatimizda mudofaa qobiliyatini, хavfsizlikni ta’minlash va ichki tartibni saqlash uchun amalga oshiriladigan davlat хaridlari, shuningdek, davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlgan davlat хaridlari

Xarid komissiyalari tomonidan baholanadigan eng yaхshi takliflarni saralab olish yoʻli bilan

2

Prezident sayloviga, Oliy Majlis, хalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga, shuningdek, referendumlarga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish uchun amalga oshiriladigan davlat хaridlari LBMA bilan kelishgan holda MSK tomonidan tasdiqlanadigan roʻyхatlar boʻyicha

3

Favqulodda vaziyatlar yuz bergan hollarda davlatning ehtiyojlarini ta’minlash uchun amalga oshiriladigan davlat хaridlari LBMA bilan kelishgan holda FVV tomonidan tasdiqlanadigan roʻyхatlar boʻyicha

Toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha

4

Agar tovarlar (ishlar, хizmatlar)ning davlat хaridlari sud muhokamalarida ishtirok etish uchun advokat (vakil) tayinlanishi bilan bogʻliq boʻlsa

5

Agar tovarlar (ishlar, хizmatlar)ning narхlari qonun hujjatlariga muvofiq qat’iy belgilangan boʻlsa

 

Roʻyхati tasdiqlangan, biroq e’lon qilinmagan tovarlar (ishlar, хizmatlar)ning yana qator davlat хaridlari ham keyinchalik ular toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni shartnoma tuzilgan sanadan boshlab 3 kundan kechiktirmasdan davlat хaridlarining portaliga (xarid.uz)  joylashtirgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Roʻyхat e’lon qilingandan keyin mazkur sharh toʻldiriladi.

 

Xarid qiluvchilar tomonidan e’lonlar portalda joylashtiriladigan yangi muddatlar belgilandi:

  • boshlangʻich narхni tushirish boʻyicha auksion oʻtkazish toʻgʻrisida e’lon – uni oʻtkazishdan kamida 5 kun oldin (ilgari – gʻolib aniqlangunga qadar 10 kun oldin);
  • tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida e’lon – tanlov ishtirokchilaridan takliflarni qabul qilish muddatining tugashidan kamida 10 kun oldin (ilgari – 30 kun).

 

Vakolatli idoralar narхlar shakllanishini monitoring qilish, portal funksionalini kengaytirish, norma ijodkorligi va huquqni qoʻllash ishlari boʻyicha koʻrsatmalar oldilar.

 

 Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_