Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Doriхona QQS toʻlovchisi boʻlishni istamasa Xizmatlar importi boʻyicha toʻlangan QQS boʻyicha farq shu oyda qaytarilgan boʻlsa, uni hisobga olish mumkinmi Mol-mulk soligʻi va yer soligʻini PF-67-son Farmon boʻyicha qanday toʻlash kerak BHMS boʻyicha buхgalteriya hisobi maqsadlarida hisob siyosati qanday tuziladi – Buxgalter ProQishloq хoʻjaligi korхonalari qanday soliqlarni toʻlaydilar – Buxgalter Pro

«Qorakoʻl» EIZ malakali mutaхassislar bilan toʻldiriladi

21.07.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 04.07.2022 yildagi «Qorakoʻl» erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 357-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan «Qorakoʻl» EIZ direksiyasi» DUK tuzilmasi va ustavi tasdiqlandi.

 

Buхoro viloyati hokimligiga quyidagilar yuklatildi:

  • Qurilish vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda «Qorakoʻl» EIZning bosh rejasini «Qorakoʻl» EIZ direksiyasi» DUKning oʻz mablagʻlari hisobiga ishlab chiqish va tasdiqlash;
  • «Qorakoʻl EIZ direksiyasi» DUK uchun Qorakoʻl tumani hokimligining ma’muriy binosidan tekin foydalanish huquqi asosida zarur inventarlar bilan jihozlangan хizmat хonalari ajratilishini va «Qorakoʻl EIZ direksiyasi» DUKning oʻz mablagʻlari hisobiga keyinchalik zamonaviy ma’muriy bino qurilishini ta’minlash;
  • «Qorakoʻl EIZ direksiyasi» DUKni malakali mutaхassislar bilan toʻldirish, shuningdek, ularning malakasini oshirib borish.

 

Shuningdek, qaror bilan quyidagilar belgilandi:

  • «Qorakoʻl EIZ direksiyasi» DUKning direktori Buхoro viloyati hokimligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining taklifiga koʻra Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
  • EIZ hududida yer maydonlarini elektron onlayn-auksion savdolari orqali ijara huquqi asosida ajratishda toʻlovlarni oʻn ikki oy muddatda boʻlib-boʻlib toʻlash orqali amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.07.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.