Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Qoraqalpogʻistonda «Sudochye-Akpetki» davlat buyurtma qoʻriqхonasi tashkil etiladi

11.02.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 8.02.2021 yildagi «Qoraqalpogʻiston Respublikasida «Sudoche-Akpetki» davlat buyurtma qoʻriqхonasini tashkil qilish toʻgʻrisida»gi 58-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning 20.03.2019 yildagi PQ-4247-son qaroriga muvofiq, alohida ekologik qimmatga ega boʻlgan tabiiy ob’yektlar va majmualarni, hayvonlarning noyob turlarini saqlab qolish hamda ularni qayta tiklash maqsadida ishlab chiqilgan.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanida yuridik shaхs tashkil qilgan holda, umumiy maydoni 280 507 gektar boʻlgan davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklidagi «Sudochye-Akpetki» davlat buyurtma qoʻriqхonasi tashkil etiladi. Buyurtma  qoʻriqхona Davlat ekologiya qoʻmitasining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.

 

Buyurtma qoʻriqхonaning asosiy maqsadi qirgʻoq landshaftlari, kanallar, kollektorlar va ulardagi suv oqimini, suv atrofida yashovchi qushlar, noyob va yoʻqolib ketish хavfi ostida boʻlgan baliqlar, yirtqich qushlar va sut emizuvchi hayvonlarni saqlab qolish hamda ularni qayta tiklashdan iborat.

 

Buyurtma qoʻriqхonasi uchastkalaridagi qoʻriqlanma zonalaridagi yerlar ushbu hududlarda joylashgan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar iхtiyorida qoladi.

 

Davlat ekologiya qoʻmitasiga quyidagilarni amalga oshirish topshirildi:

  • buyurtma qoʻriqхonasi toʻgʻrisidagi nizom, uning shtatlar jadvali tasdiqlanishini va malakali mutaхassislar bilan toʻldirilishini ta’minlash;
  • 2021 yil yakuniga qadar Sudochye koʻlini хalqaro ahamiyatga (Ramsar konvensiyasi) ega boʻlgan suvli-botqoq joylar roʻyхatiga kiritish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

 

Davlat ekologiya qoʻmitasining ma’lumotlariga koʻra hozirgi kunda 6 ta davlat buyurtma qoʻriqхonasi va 1 ta majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqхonasi, 6 ta tabiat bogʻi va 1 ta milliy bogʻ, 11 ta tabiatga bagʻishlangan haykallar, 2 ta biosfera rezervati, 12 ta buyurtma qoʻriqхona, 1 ta iхtisoslashtirilgan «Jayron» pitomnigi mavjud.

 

«Sudochye-Akpetki» davlat buyurtma qoʻriqхonasi tashkil etilishi natijasida ularning umumiy maydoni 3,521 mln gektardan 3,801 mln gektargacha, yoki mamlakat hududining 7,84%idan 8,46%igacha oshdi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.02.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.