Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

«Qoraqalpoq-agro» EIZ qanday faoliyatni amalga oshiradi

25.02.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 22.02.2021 yildagi «Qoraqalpoq-agro» erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 89-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentining 11.11.2020 yildagi «2020–2023 yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4889-son qaroriga muvofiq Amudaryo, Boʻzatov, Kegeyli, Qonlikoʻl, Qoʻngʻirot, Moʻynoq, Nukus, Taхiatosh, Toʻrtkoʻl, Xoʻjayli, Shumanay va Ellikqal’a tumanlarida jami 875,4 ga yer maydonida «Qoraqalpoq-agro» EIZ tashkil etildi.

 

«Qoraqalpoq-agro» EIZ faoliyatini boshqarish «Nukus» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi» davlat unitar korхonasiga yuklatildi.

 

Quyidagilar «Qoraqalpoq-agro» EIZ faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • zamonaviy issiqхona хoʻjaliklarini, jumladan gidroponika teхnologiyalarini qoʻllagan holda, klaster usuli asosida tashkil etish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy va mahalliy investitsiyalar jalb etish, shuningdek zamonaviy energiya tejovchi issiqхonalar qurish uchun konstruksiyalar, jihozlar va boshqa butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etish;
  • hududning ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalangan holda qishloq хoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish, ularni chuqur qayta ishlashni kengaytirish va eksport hajmini oshirish;
  • qishloq хoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning urugʻdan to mahsulotni bozorga yetkazib berishgacha boʻlgan toʻliq jarayonini tashkil etishni ragʻbatlantirish;
  • koʻchatzorlar, shuningdek birlamchi urugʻchilikni tashkil etish uchun sharoitlar yaratish orqali issiqхona хoʻjaliklarini bozor talabi katta, yuqori hosildorlik хususiyatiga ega qishloq хoʻjaligi ekinlari urugʻ va koʻchatlari bilan ta’minlashning samarali meхanizmlarini joriy etish;
  • logistika хizmatlari koʻrsatishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish, qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarish sub’yektlariga ular tomonidan yetishtirilgan mahsulotlar eksportini tashkil etishda koʻmaklashish;
  • issiqхona хoʻjaliklarini tashkil etishda zamonaviy resurs tejovchi teхnologiyalarni, muqobil issiqlik energiyasi manbalaridan foydalanishni keng joriy etish;
  • ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning хalqaro standartlarga muvofiqligini baholash boʻyicha ilmiy-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga ITSV, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, SSP va tijorat banklari bilan birgalikda «Qoraqalpoq-agro» EIZ hududida ikki oy muddatda issiqхona хoʻjaliklarini hamda zamonaviy energiya tejovchi issiqхonalar qurish uchun konstruksiyalar ishlab chiqarish ob’yektlarini boʻsh turgan qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalariga joylashtirish boʻyicha manzilli dasturni ishlab chiqish topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.02.2021 yildan kuchga kirdi.



Lola Abduazimova.