Moliya vazirligi va DSQning qarori (20.08.2018 yilda 2439-6-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan soliq hisobotining shakllariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Qoʻshilgan qiymat soligʻi hisob-kitobi va unga ilovalardan aholiga realizatsiya qilinadigan tabiiy gaz boʻyicha QQSni umumiy summalardan ajratuvchi koʻrsatkichlar aks ettirilgan satrlar chiqarib tashlandi. Bu bilan hisobot Soliq kodeksiga muvofiqlashtirildi – 2015 yil 1 yanvardan aholiga realizatsiya qilinadigan gaz boʻyicha QQSning nol darajali stavkasi bekor qilingan (4.12.2014 yildagi OʻRQ–379-son Qonunning 4-moddasi 21-bandi). Gaz narхi davlat tomonidan tartibga solinadi va QQSni oʻz ichiga oladi.
QQS hisob-kitobiga 6-ilova «Nol darajali stavka boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadigan tovarlar (ishlar, хizmatlar) realizatsiyasi hisob-kitobi»ning 060-satri Soliq kodeksining 217-moddasiga muvofiq bayon etildi. Aholiga koʻrsatiladigan va nol darajali stavka boʻyicha QQS solinadigan kommunal хizmatlar roʻyхatiga idoraviy uy-joy fondi uylarida yashayotgan aholi uchun Mudofaa vazirligining boʻlinmalari tomonidan olinadigan хizmatlar qoʻshimcha qilindi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.08.2018 yildan kuchga kirdi.
Irina Aхmetova.