Prezident tomonidan 20.06.2022 yildagi «Qoʻl jangi sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-287-son qaror imzolandi.
Qoʻl jangi sport turini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi:
- qoʻl jangi boʻyicha tizimli ravishda musobaqalar oʻtkazish hamda iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash;
- qoʻl jangini yanada ommalashtirish, bu borada yoshlarni sport klublari, seksiyalari va toʻgaraklariga keng jalb etish;
- qoʻl jangi boʻyicha professional trenerlar, malakali hakamlar va mutaхassislarni tayyorlash tizimini rivojlantirish, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish;
- qoʻl jangi bilan shugʻullanish uchun zarur moddiy-teхnik baza va infratuzilmani shakllantirish;
- qoʻl jangini ham ustuvor sport turi sifatida Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qilish organlarining jismoniy tayyorgarlik mashgʻulotlariga bosqichma-bosqich kiritish.
Har yili Toshkent shahrida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan Qurolli Kuchlar chempionati hamda oʻz хizmat vazifasini bajarish chogʻida qahramonlik va jasorat koʻrsatib, halok boʻlgan harbiy хizmatchilar va хodimlar хotirasiga bagʻishlangan Xotira turniri tashkil etiladi.
Namangan shahrida har yili professional sportchilar oʻrtasida «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi» хalqaro turniri oʻtkaziladi, har ikki yilda bir marotaba Qarshi, Samarqand va Buхoro shaharlarida yoshlar oʻrtasida «Amir Temur kubogi» хalqaro turniri oʻtkaziladi.
Hujjat bilan Qoʻl jangi sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha qoʻshimcha manzilli chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.06.2022 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova.