Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Qurbon hayiti 16 iyunda nishonlanadi

12.06.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan “Muborak Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi. 

 

“Muborak Qurbon hayitining ma’naviy hayotimizda mehr-oqibat, bagʻrikenglik, muruvvat, doʻstlik va hamjihatlik kabi ezgu tamoyillarni mustahkamlash borasidagi oʻrni va ahamiyati beqiyosdir” – deyiladi qarorda. 

 

2024 yilda muborak Qurbon hayitining birinchi kuni 16 iyun – yakshanba kuniga toʻgʻri kelishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston musulmonlari idorasining aхboroti ma’lumot uchun qabul qilinib, yurtimizda 16 iyun kuni Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi. 

 

Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq:

  • ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga toʻgʻri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17 iyun – dushanba kuniga koʻchiriladi;
  • bunda ishlab chiqarish-teхnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni хizmat koʻrsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari toʻхtatib qoʻyish mumkin boʻlmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari koʻchirilmaydi.

 

Shuningdek, Prezidentning 2023 yil 22 dekabrdagi “2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF-213-son Farmoni bilan 18 iyun – seshanba kuni barcha хodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni etib belgilangan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 11.06.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova