Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Qurbon hayitining birinchi kuni – 11 avgust

05.08.2019

Rus tilida oʻqish

Prezident Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

2019 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 11 avgust – yakshanba kuniga toʻgʻri keladi, deyiladi hujjatda. Ushbu bayram ma’naviy hayotimizda ulkan oʻringa va ahamiyatga ega boʻlib, хalqimizga хos boʻlgan mehr-oqibat, shukronalik va bagʻrikenglik ramzi hisoblanadi.

 

Milliy-diniy qadriyatlarimizni asrash va ulugʻlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga “Nuroniy” jamgʻarmasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Qurbon hayitining joylarda yuqori saviyada, хalqimizning milliy va diniy an’analariga mos ravishda oʻtishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirish topshirildi.