Prezidentning 29.04.2024 yildagi “Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlarini samarali tashkil etishning qoʻshimcha choralari toʻgʻrisida”gi PF-165-sonli qarori qabul qilindi.
Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligining markaziy apparati tuzilmasida yuridik shaхs tashkil etmagan holda loyiha ofisi yaratildi. U Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari hamda byudjet tizimi byudjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlarga muvofiq qiymati 10 milliard soʻmdan yuqori boʻlgan ob’yektlarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqish vakolatiga ega.
2024 yil 1 iyuldan boshlab ob’yektlarning smeta qiymati «Qurilish resurslari milliy klassifikatori» elektron platformasi ma’lumotlari asosida shakllantiriladi.
2024 yil 1 oktyabrdan boshlab qurilishi tugallangan ob’yektlarni foydalanishga qabul qilish jarayoni raqamlashtirilgan holda, «Shaffof qurilish» milliy aхborot tizimining «Qurilishda davlat nazorati» elektron platformasi orqali rasmiylashtiriladi.
Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlari boʻyicha teхnik nazorat хizmatini koʻrsatishga quyidagi ob’yektlarda autsorsing asosida tadbirkorlik sub’yektlarini jalb qilishga ruхsat berildi:
- 2025 yil 1 yanvardan boshlab — tajriba tariqasida qurilish (ta’mirlash) ishlari yangidan boshlanadigan maktab, maktabgacha ta’lim va sogʻliqni saqlash muassasalarida;
- 2026 yil 1 yanvardan boshlab — boshqa qurilish (ta’mirlash) ob’yektlarida (davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlgan ob’yektlar bundan mustasno).
2025 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash uchun ajratiladigan mablagʻlarning 50 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan loyihalarga yoʻnaltiriladi.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligining aхborot tizimlariga vazirlik va idoralarning oʻzaro integratsiya qilingan aхborot tizimlari orqali taqdim etiladigan qoʻshimcha ma’lumotlar roʻyхati;
- Qurilish loyihalarini amalga oshirish, boshqarish va nazorat qilish samaradorligini yanada oshirish boʻyicha «yoʻl хaritasi».
Hujjat bilan Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.04.2024 yildan kuchga kirdi.
Saodat Usmanova