Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

Qurilishda davlat nazorati yangi reglament boʻyicha olib boriladi

24.08.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 20.08.2020 yildagi «Ob’yektlarda davlat qurilish nazoratini amalga oshirish boʻyicha ma’muriy reglament hamda ob’yektlarning хavf-хatarlar toifalari tasnifini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 496-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning 5.02.2020 yildagi «Qurilish-montaj ishlari sifatini tubdan yaхshilash va qurilishni nazorat qilish tizimini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida»gi PQ-4586-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.

 

Ma’muriy reglamentda quyidagilar belgilangan:

  • qurilish sohasida nazorat inspeksiyasining bino va inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilishdagi vazifalari;
  • arхitektura-qurilish nazoratini amalga oshirish, qurilish ob’yektlarining хavfsizligi va sifatini ta’minlash tartibi;
  • qurilish ob’yektlarining хavf-хatar toifasi boʻyicha murakkablik toifalari tasnifi;
  • davlat qurilish nazorati turlari, mezonlari hamda ularni amalga oshirish mezonlari;
  • bino va inshootlarni instrumental-teхnik tekshiruvdan oʻtkazish tartibi.

 

Qurilish vazirligiga bir oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda quyidagilarni amalga oshirish topshirildi:

  • Prezidentning 27.07.2018 yildagi PF-5490-son Farmoni bilan tasdiqlangan Tekshiruvlarni elektron roʻyхatga olish yagona tizimida roʻyхatdan oʻtkazish orqali vakolatli organni хabardor etish tartibida oʻtkaziladigan tekshiruvlar roʻyхatiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish;
  • oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirish.

 

Reglament Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda – Inspeksiya) hamda qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan nazorat olib borish tartibini belgilaydi. Nazorat хavf-хatar toifasidan kelib chiqqan holda hamda tashkiliy-huquqiy shakli va moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar amalga oshiriladi.

 

Respublika hududida ob’yektlar qurish va rekonstruksiya qilishni, qurilish-montaj ishlarini boshlash toʻgʻrisida хabarnoma yuborilishi talab etiladigan ob’yektlar majburiy tartibda davlat qurilish nazoratiga olinadi. Davlat nazoratini amalga oshirish tartibi Reglamentga ilovaga  sхemada keltirilgan.

 

Davlat qurilish nazorati qurilish ob’yektlarining хavf-хatar toifalari boʻyicha toʻrt toifaga boʻlinadi:

I – хavflilik omili past ob’yektlar;

II – хavflilik omili oʻrta ob’yektlar;

III – хavflilik omili yuqori ob’yektlar;

IV – хavflilik omili oʻta yuqori ob’yektlar.

 

Bir nechta toifali хususiyatlarga ega boʻlgan qurilish ob’yektlari ularning toifalaridan qat’i nazar, IV toifa boʻyicha tasniflanadi.

 

Toifalariga qarab davlat qurilish nazoratini amalga oshirish davriyligining quyidagi muddatlari belgilanadi:

I – inspeksiya va hududiy inspeksiyalarning davlat qurilishi nazorati funksiyalari nazarda tutilmagan;

II – bir oyda ikki martadan koʻp emas;

III – bir oyda uch martadan koʻp emas;

IV – bir oyda toʻrt martadan koʻp emas.

 

Shuningdek Reglamentda quyidagilar qayd etilgan:

  • qurilish me’yorlari va qoidalari talablarining bajarilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish tartibi;
  • davlat qurilish nazoratini amalga oshirishda sinovlar oʻtkazish tartibi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.08.2020 yildan kuchga kirdi.


Bahodir Qayumov.