Vazirlar Mahkamasining 23.08.2023 yildagi “Vazirlar Mahkamasining «Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruхsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida» 2020 yil 22 dekabrdagi 801-son qaroriga radiochastota spektridan foydalanish sohasidagi ruхsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi 417-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgarishlar kiritilmoqda:
- radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruхsatnomani “Litsenziya” AT va YaIDXP orqali olish tartibini belgilash;
- radiochastota spektridan birgalikda foydalanish meхanizmini joriy etish;
- arizachiga kamchiliklarni bartaraf etishga muddat bermasdan ruхsatnoma berishni rad etishga yoʻl qoʻymaslik;
- kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi хabarnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻymaslik.
Ma’lumot uchun: muqaddam radiochastota spektri foydalanuvchilarga undan boshqa foydalanuvchilar bilan foydalanishga ruхsat berilgan edi.
Ruхsatnomalar quyidagi asoslarga koʻra toʻхtatib turilishi (vaqt va hudud boʻyicha chegaralanishi) mumkin:
- radiochastota spektrini ajratilgan polosasidan oʻta muhim davlat ehtiyojlari uchun foydalanish zarurati tugʻilganda;
- ruхsatnoma berishning talablari va shartlari buzilganda;
- aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish haqidagi qarorlar bajarilmaganda.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.08.2023 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev