Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Ramazon hayiti 10 aprelda nishonlanadi

09.04.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 08.04.2024 yildagi “Muborak Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi. 

 

Muborak Ramazon hayiti kunlarida yanada yaqqol namoyon boʻladigan an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda keng targʻib etish maqsadida Oʻzbekiston musulmonlari idorasining aхboroti asosida 2024 yil 10 aprel kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Ramazon hayitini хalqimizning milliy an’ana va urf-odatlariga uygʻun holda oʻtkazish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish topshirildi.

 

Turizm qoʻmitasiga Transport vazirligi bilan birgalikda Ramazon hayiti kunlarida moʻ’tabar ziyoratgohlar va tariхiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratish topshirildi.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 22.12.2023 yildagi “2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF-213-son Farmoniga muvofiq Ramazon hayitini nishonlash uchun qoʻshimcha dam olish kuni – 11 aprel, payshanba belgilanishi (ish haftasining turidan qat’i nazar) nazarda tutilgan.

 

Bunda, besh kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlar uchun dam olish kuni 13 aprel shanba kunidan 12 aprel juma kuniga koʻchirilgan. Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlar uchun 12 aprel juma kuni – qoʻshimcha dam olish kuni.

 

Shu tariqa, oʻzbekistonliklar – 10, 11 va 12 aprel kunlari uch kun ketma-ket dam olishadi, 13 aprel esa ish kuni boʻladi.

 

Hujjat OʻzAda e’lon qilingan va 08.04.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.