Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Ramazon hayiti 2 may kuni nishonlanadi

01.05.2022

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 30.04.2022 yildagi “Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

Joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 2 may – dushanba kuniga toʻgʻri kelishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilingan qarorni inobatga olib, mamlakatimizda 2022 yil 2 may kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.

 

Prezidentning 2022 yil 30 apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 dekabrdagi “2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF-35-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-131-son Farmoni bilan 2022 yil 3-4 may kunlari qoʻshimcha dam olish kunlari sifatida belgilangan.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Ramazon hayiti хalqimizning milliy va diniy an’analariga mos ravishda oʻtkazilishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish topshirildi.

 

Turizm va madaniy meros vazirligiga Transport vazirligi bilan birgalikda yurtdoshlarimiz uchun muborak Ramazon hayiti kunlarida moʻ’tabar ziyoratgohlar va tariхiy qadamjolarga ziyoratlarini tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratish topshirildi.