Prezident Islom Karimov 1 iyul kuni “Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi Qarorni imzoladi.
Hujjatda qayd qilinganidek, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining qarorini e’tiborga olib, bu yil Ramazon hayitining birinchi kuni 6 iyul chorshanba kuniga toʻgʻri keldi. Bu kun dam olish kuni deb belgilandi va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlanadi.
Qarorda muborak Ramazon hayitining oʻzbek хalqining ma’naviy hayotidagi, milliy-diniy an’analarimizni asrab-avaylashdagi oʻrni va ahamiyati qayd qilindi. Bu ezgulik, shukronalik, mehr-oqibat bayramidir.
Respublika “Nuroniy”, “Mahalla” jamgʻarmalari va boshqa mutasaddi idoralar, jamoat tashkilotlariga Ramazon hayitini tartibli va yuqori darajada, хalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda oʻtkazish uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirish topshirildi.