Prezidentning 03.09.2024 yildagi “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qarori imzolandi.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasining aхborotiga asosan 2024 yilda muborak Ramazon oyining boshlanishi 11 mart kuniga toʻgʻri kelyapti.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hududlarda Ramazon oyini milliy an’ana va qadriyatlarga mos tarzda oʻtkazishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish topshirildi.
Ushbu fazilatli oyda kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, oila va mahallalarda mehr-oqibat va oʻzaro hurmat muhitini mustahkamlash, muqaddas qadamjo va ziyoratgohlar, qabristonlarni obodonlashtirishga alohida e’tibor beriladi.
Hujjat «Narodnoye slovo» gazetasida chop etilgan.
Lola Abduazimova