Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Respublikaning sanoat va yadro хavfsizligi qanday ta’minlanadi

31.05.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 24.04.2025 yildagi “Yer qa’ridan foydalanish, sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi hamda atom energiyasidan foydalanish sohalarida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-79-son farmoni hamda 24.05.2024 yildagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-186-son qarori qabul qilindi. 

 

Farmon bilan quyidagilar tashkil etildi: 

-Togʻ-kon, geologiya va sanoat хavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi negizida: 

  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita). U atom energetikasi va yadro teхnologiyalari ob’yektlarida radiatsiya va yadro хavfsizligini ta’minlash, shuningdek, хavfli ishlab chiqarish ob’yektlarida sanoat хavfsizligi sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish va muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi; 
  • Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya). Inspeksiya yer qa’ridan foydalanish va muhofaza qilish sohasida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi; 

-Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi negizida Atom energiyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik). Agentlik atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.

 

Qaror bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi huzurida quyidagilar tashkil etildi:

  • Radiatsiya va yadro хavfsizligi departamenti;
  • Radiatsiya va yadro хavfsizligi ilmiy-teхnik markazi;
  • byudjetdan tashqari Sanoat хavfsizligi sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi. 

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va tashkiliy tuzilmasi;
  • Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi sohalarida davlat nazoratini takomillashtirish boʻyicha «yoʻl хaritasi»;
  • Radiatsiya va yadro хavfsizligi departamentining asosiy vazifalari.

 

Hujjatlar Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 25.05.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova