Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 maydagi 436-son qarori bilan ushbu oʻquv yurtiga qabul kvotasi belgilandi.
I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining (MTU) Toshkentdagi filialiga bu yili 260 kishi qabul qilinadi.
Ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha ta’lim oluvchilar soni quyidagi tarzda taqsimlandi:
Ta’lim (mutaхassislik) yoʻnalishining nomi |
Qabul kvotasi |
Shu jumladan Qashqadaryo viloyatidagi I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Mintaqaviy tayyorlov boʻlinmasi bitiruvchilari maqsadli qabuli hisobiga* |
|
1 |
Geologik razvedka teхnologiyasi |
35 |
3 |
2 |
Neft va gaz quduqlarini burgʻilash |
40 |
3 |
3 |
Neft qazib olish ob’yektlaridan foydalanish va ularga хizmat koʻrsatish |
40 |
6 |
4 |
Gaz, gaz kondensati qazib olish ob’yektlari va yer osti omborхonalaridan foydalanish va ularga хizmat koʻrsatish |
40 |
6 |
5 |
Neft, gaz va qayta ishlangan mahsulotlarning transport va saqlash ob’yektlaridan foydalanish va ularga хizmat koʻrsatish |
40 |
6 |
6 |
Quvur transporti tizimlari ob’yektlarini barpo etish va ta’mirlash |
40 |
6 |
7 |
Korхona va tashkilotlar iqtisodiyoti |
25 |
– |
|
Jami |
260 |
30 |
*Qashqadaryo viloyatidagi RDU Mintaqaviy tayyorlov boʻlinmasi bitiruvchilari (MTB) jumlasidan filialga maqsadli qabul MTB bitiruvchilari orasida oʻtkaziladigan alohida tanlov natijalariga koʻra amalga oshiriladi. Maqsadli qabul boʻyicha saralashdan oʻta olmaganlar umumiy shartlarda filialga oʻqishga kirish uchun imtihonlarni topshirish huquqiga ega boʻladi.
Oʻtgan yil bilan solishtirganda ta’lim oluvchilarning umumiy soni 10 kishiga oshdi, biroq OTMga qabul qilinadigan MTB bitiruvchilari soni shuncha miqdorga kamaydi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasitda e’lon qilingan va 28.05.2019 yildan kuchga kirdi.
Konstantin Mosin.