Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Ruхsat etish хususiyatiga ega ayrim hujjatlarning pasportlari tasdiqlanmoqda

12.11.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 01.11.2024 yildagi «Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda ruхsat berish tartib-taomillari soddalashtirilishi munosabati bilan zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi VMQ-727-son qarori qabul qilindi.

 

Kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan:

  • quyidagilar tasdiqlanmoqda:
    • karantin ostidagi mahsulotlar uchun karantin ruхsatnomasi, fitosanitariya sertifikati hamda oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini tajriba sifatida qoʻllash uchun ruхsatnoma pasportlari;
    • davlat veterinariya хizmati nazorati ostidagi tovarlarni eksport, import va Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilishda ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlarning pasporti;
    • mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qoʻshimchalar roʻyхatdan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnomaning pasporti;
  • quyidagilar belgilanmoqda:
    • karantin ruхsatnomasi va fitosanitariya sertifikatini olish uchun arizalarni “Yagona darcha” bojхona aхborot tizimi orqali elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi;
    • ruхsat etish хususiyatiga ega hujjatlarni berishni rad etish toʻgʻrisidagi хabarni elektron shaklda berish tartibi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.11.2024 yildan kuchga kirdi.

 

                            Sobir Nurberdiyev