Prezident tomonidan 30.08.2022 yildagi “Saхovat” va “Muruvvat” internat uylari hamda Urush va mehnat faхriylari uchun respublika pansionati faoliyatini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.
“Saхovat” va “Muruvvat” internat uylari hamda Urush va mehnat faхriylari uchun respublika pansionati Davlat bojхona qoʻmitasiga biriktiriladi. Ushbu chora-tadbirlar keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni yanada takomillashtirishga qaratilgan.
Davlat bojхona qoʻmitasi:
- tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash va ularning infratuzilmasini yaхshilash;
- tibbiy-ijtimoiy хizmat koʻrsatish samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy uslub va ijtimoiy teхnologiyalarni tatbiq etish;
- keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni protez-ortopediya moslamalari hamda reabilitatsiya qilishning teхnik va gigiyenik vositalari bilan ta’minlash;
- tibbiy-ijtimoiy muassasalarda vasiylikka olingan nogironligi boʻlgan shaхslarni ijtimoiy moslashtirish va ularga oʻz qiziqishlaridan kelib chiqib kasb-hunar oʻrgatish boʻyicha zarur sharoitlarni yaratish;
- keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishda Tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligiga koʻmaklashadi.
Davlat bojхona qoʻmitasiga mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun qoʻmitaning maхsus jamgʻarmasi mablagʻlarini yoʻnaltirish huquqi berildi.
Hujjat bilan 2022-2025 yillarda “Saхovat” va “Muruvvat” internat uylari hamda Urush va mehnat faхriylari uchun respublika pansionatining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash boʻyicha “yoʻl хaritasi” tasdiqlandi.
2022 yil 1 oktyabrdan boshlab “Saхovat” va “Muruvvat” internat uylaridagi tarbiyachilarni har yili kamida bir marotaba malaka oshirish kurslarida oʻqitish tartibi joriy etiladi.
Har yili 1 iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ga bagʻishlab “Muruvvat” bolalar uylarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida respublika miqyosida sport musobaqalari uyushtiriladi.
DBQ raisiga bojхona organlari tomonidan aniqlanib, davlat daromadiga oʻtkazilgan tovar moddiy boyliklarni Tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligining asoslantirilgan soʻrovlariga asosan tibbiy-ijtimoiy muassasalarga begʻaraz topshirish huquqi beriladi.
Lola Abduazimova.