Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Samarqand shahrida Butunjahon shaхmat olimpiadasiga tayyorgarlik koʻrish boshlandi

10.05.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 08.05.2023 yildagi “2026 yil Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan 46-Butunjahon shaхmat olimpiadasiga kompleks tayyorgarlik koʻrish hamda shaхmatni ommaviy harakatga aylantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

 

Xalqaro shaхmat federatsiyasining (FIDE) 2022 yildagi kongressida 46-Butunjahon shaхmat olimpiadasi hamda FIDEning navbatdagi kongressini 2026 yilda Oʻzbekistonda oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligini inobatga olib, Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston shaхmat federatsiyasining 46-Butunjahon shaхmat olimpiadasini Samarqand shahrida oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi ma’qullandi.

 

Hujjat bilan 46-Butunjahon shaхmat olimpiadasiga kompleks tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi tasdiqlandi va uning asosiy vazifalari belgilandi:

  • FIDE rahbariyati boshchiligidagi delegatsiyaning tashrifini tashkillashtirish va FIDE bilan shartnomalar, kelishuvlar imzolash;
  • 46-Butunjahon shaхmat olimpiadasiga tayyorgarlikning bosh rejasi va dasturini tuzish va boshqalar.

 

Shuningdek, 2026 yil Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan 46-Butunjahon shaхmat olimpiadasiga kompleks tayyorgarlik koʻrish hamda shaхmatni ommaviy harakatga aylantirishga oid chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Bunda quyidagilar rejalashtirilmoqda:

  • “Shaхmat bogʻchadan boshlanadi” maхsus dasturini amalga oshirish, har yili maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Shaхmat festivali” musobaqalarini oʻtkazib borish;
  • umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida “Maktab ligasi”, “Akademik litsey ligasi” “Professional ta’lim muassasalari ligasi” va “Talabalar ligasi” shaхmat musobaqalarini har yili uch bosqichda tizimli oʻtkazish.
  • 2024 yil 1 yanvardan boshlab “Shaхmat stipendiyasi”ni ta’sis etish.

 

“Maktab ligasi”, “Akademik litsey ligasi”, “Professional ta’lim muassasalari ligasi” va “Talabalar ligasi” musobaqalarida gʻolib boʻlgan oʻquvchi-yoshlar va talabalarni  ragʻbatlantirish sifatida yil davomida har oyda BHMning besh baravari miqdorida “Shaхmat stipendiyasi” toʻlanadi.

 

Hujjat OʻzAda e’lon qilingan va 08.05.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.