Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Samarqand viloyatida 3 ta kichik sanoat zonasi kengaytirildi

23.07.2018

Rus tilida oʻqish


Vazirlar Mahkamasining 19.07.2018 yildagi «Samarqand viloyatida kichik sanoat zonalarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 556-son qarori e’lon qilindi.

 

Shuni qayd etamizki, Prezidentning 16.03.2018 yildagi PQ–3607-son qarori bilan Samarqand viloyatida 14 ta kichik sanoat zonalari tashkil etilgan. Ularning ishtirokchilari 1.02.2020 yilgacha yer soligʻining uch baravaridan kam boʻlmagan miqdorda yagona soliq toʻlovini toʻlash majburiyatidan ozod qilingan. Mazkur KSZ hududidagi investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun esa Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 50 mln AQSh dollari miqdoridagi kredit liniyasi ochilgan.

 

Endi ushbu KSZlarning uchtasiga (Samarqand shahar, Narpay va Oqdaryo tuman) umumiy maydoni 62,5 gektardan iborat qoʻshimcha hududlar qoʻshildi. U yerda zarur infratuzilma: elektr uzatish tarmoqlari, kirish yoʻllari, gaz oʻtkazish tarmoqlari, lokal tozalash inshootlari, suv toʻsish inshootlari, suv quvurlari va kanalizatsiya tarmoqlarini tashkil etish uchun esa Davlat byudjeti mablagʻlaridan 8 mlrd 625 mln soʻm ajratildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.07.2018 yildan kuchga kirdi.

 

 

Samir Latipov.





 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_