Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Samarqand viloyatida “mahallabay” markazlari ishini boshlaydi

02.07.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 29.06.2021 yildagi “Mahallabay ishlash markazlari faoliyatini  tashkil  etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 398-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning "Samarqand viloyatida eksperiment tariqasida mahallabay ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2021 yil 6 maydagi PQ-5105-son qaroriga muvofiq Samarqand viloyatida tuman (shahar) hokimliklari ta’sischiligida davlat muassasasi shaklida mahallabay ishlash markazlari tashkil etildi.

 

Markazlar faoliyati Pastdargʻom, Urgut va Bulungʻur tumanlarida joriy yil 1 iyundan boshlab tashkil etilgan, Samarqand viloyatining qolgan tuman (shahar)larida - 1 avgustga qadar tashkil etiladi.

 

Quyidagilar ularning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • aholining bandligini ta’minlash va doimiy daromad manbaini yaratish orqali kambagʻallikni qisqartirish;
  • mahallabay ishlash asosida tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish hamda aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish;
  • mahalladagi infratuzilma bilan bogʻliq muammolarni hal etish va boshqalar.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Mahallabay ishlash markazining namunaviy nizomi va tashkiliy tuzilmasi;
  • Mahallabay ishlash markazlar хodimlari mehnatiga haq toʻlashning Yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlari.

 

Samarqand viloyati hokimligiga tuman va shahar hokimliklari tomonidan namunaviy nizom va tashkiliy tuzilma asosida Mahallabay ishlash markazining ustavi va tashkiliy tuzilmasi tasdiqlanishini ta’minlash topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.06.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.