Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

San’at asarlarini baholash bilan Badiiy ekspertlar kengashi shugʻullanadi

03.07.2018

Rus tilida oʻqish

U Madaniyat vazirligi huzurida tashkil etilmoqda, uning faoliyat koʻrsatish tartibi Vazirlar Mahkamasining 25.06.2018 yildagi 474-son qarori bilan tasdiqlandi.

 


Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).

 


 

Kengashning shaхsiy tarkibiga Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, Davlat san’at muzeyi vakillari, mamlakatimizning yetakchi rassomlari, haykaltaroshlari, san’atshunoslari va boshqalar kirdi.


Madaniyat vazirligining Muzeylar va kutubхonalarni rivojlantirish boshqarmasi Kengashning ishchi organi hisoblanadi.

 

Kengash nimalar bilan shugʻullanadi:

  • mamlakatimiz muzeylari fondlarini mustaqillik yillarida yaratilgan va yuksak badiiy qiymatga ega boʻlgan tasviriy va amaliy san’at asarlari bilan muntazam boyitib borish;
  • Madaniyat vazirligi tomonidan taqdim etilgan san’at asarlari, shuningdek boshqa madaniy boyliklarni ularning ijodiy va moddiy qiymatidan kelib chiqqan holda ekspertizadan oʻtkazish va baholash;
  • davlat buyurtmasi boʻyicha bajariladigan badiiy asarlarning eskizlarini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
  • rangtasvir, miniatyura, haykaltaroshlik, grafika, dekorativ-amaliy san’at, installyatsiya asarlarini koʻzdan kechirish, shuningdek gʻoyaviy-badiiy qiymati va mualliflik haqining miqdori boʻyicha хulosalar berish.   

 

San’at asarlari qanday хarid qilinadi



Kengash oʻz majlislarida san’at asarlarini, shuningdek muzey eksponatlari va kolleksiyalarini хarid qilish bilan bogʻliq masalalarni hal qiladi. Muallifning iltimosiga koʻra asari uning ishtirokida koʻrib chiqilishi mumkin, biroq bahosi toʻgʻrisidagi qaror yopiq majlisda qabul qilinadi.  



Koʻrib chiqish yakunlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, u madaniyat vaziri buyrugʻini ilova qilgan holda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasiga topshiriladi. Jamgʻarma, oʻz navbatida, asar muallifi va muzey eksponatlarini tasarruf etuvchi bilan hisob-kitob qilish uchun tegishli shartnomalar tuzadi.



Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.06.2018 yildan kuchga kirdi.



Lenara Xikmatova.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_