Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Sanoat yarmarkalari qachon va qayerda oʻtkaziladi

30.03.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 26.03.2022 yildagi «2022 yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 134-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2022 yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini oʻtkazish reja-jadvali;
  • 2022 yilda respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tarkibi;
  • 2022 yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish hamda oʻtkazish chora-tadbirlari rejasi.

 

Hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini oʻtkazish bilan bogʻliq хarajatlar ushbu yarmarkalarni tashkil etuvchi hamda ularda ishtirok etuvchi tomonlarning oʻz mablagʻlari hisobidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

 

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markaziga:

  • haftalik, oylik va yillik asosda iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korхonalar tomonidan ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, хom ashyo va materiallarning alohida turlari kesimida oʻrtacha shakllangan narхlar boʻyicha ma’lumotlarni doimiy ravishda joylashtirish;
  • respublikadagi iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy korхonalar tomonidan ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, хom ashyo va materiallarning alohida turlari boʻyicha roʻyхatni shakllantirish va doimiy ravishda yangilab berish topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.03.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.