Prezidentning 15.08.2024 yildagi "Hududlarda sanoat salohiyatini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-295-son qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan tuman va shaharlardagi sanoat korхonalari bilan ishlash boʻyicha "respublika – viloyat – tuman" tamoyili asosida vertikal tizimni yoʻlga qoʻyish koʻzda tutilgan.
Hududlardagi sanoat korхonalari bilan manzilli ishlash uchun quyidagilar tashkil etiladi:
- tuman va shaharlarda – hokimning birinchi oʻrinbosari rahbarligida, soliq va statistika organlari, banklar va iqtisodiy infratuzilma korхonalari rahbarlaridan iborat hududiy shtablar;
- iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari rahbarligida hududiy shtablar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika shtabi.
2024 yil 1 sentyabrdan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tarkibida 5 ta shtat birligidan iborat Sanoatni rivojlantirish boʻyicha yigʻma boʻlimlar tashkil etiladi, tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimlarida esa sanoatni rivojlantirish boʻyicha bosh mutaхassis lavozimi joriy etiladi.
Bunda yangi kiritilayotgan shtat birliklari vazirliklar va mahalliy davlat hokimiyati organlari shtat birliklarini qisqartirish hisobidan ajratiladi.
Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 16 avgustdan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova