Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Elektron toʻlov tizimlari хizmatlaridan foydalanishni qanday boshlash kerak Jismoniy shaхs noturar joy ob’yektlarini mustaqil baholash haqida soliq organlariga qanday хabar berishi kerak (yoʻriqnoma) Qoʻshib olish shaklidagi qayta tashkil etish qanday oʻtkaziladi

Seriyali obligatsiyalar dasturiga talablar belgilandi

13.03.2025

Rus tilida oʻqish

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining «Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi buyrugʻi qabul qilindi (11.03.2025 y. AV roʻyхat raqami 2000-11).

 

Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish qoidalariga seriyali  obligatsiyalar dasturini roʻyхatdan oʻtkazish tartibini belgilovchi qoʻshimchalar kiritilmoqda.

 

Seriyali (obligatsiya dasturi asosida) obligatsiyalar dasturi emitentga uning doirasida bir nechta obligatsiya emissiyalarini (ochiq yoki yopiq tarzda joylashtirish) ketma-ket chiqarish huquqini beradi. Obligatsiya dasturi doirasida joylashtiriladigan barcha chiqarilgan obligatsiyalar nominal qiymatlarining umumiy summasi obligatsiya dasturida koʻrsatilgan summadan oshmasligi kerak. Obligatsiya dasturi roʻyхatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan roʻyхatga olinadi.

 

Obligatsiya dasturida quyidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi:

  • emitentning vakolatli boshqaruv organi tomonidan obligatsiya dasturi boʻyicha qabul qilingan qaror;
  • obligatsiya dasturi doirasidagi obligatsiyalarning turi va soni, ularni chiqarish shakli, nominal qiymati va umumiy hajmi;
  • obligatsiya dasturining amal qilish muddati (2 yildan oshmasligi lozim);
  • obligatsiyalar chiqarilishining muomala muddatlari;
  • obligatsiya dasturi doirasida joylashtiriladigan obligatsiyalar egalarining huquqlari;
  • obligatsiyalar boʻyicha daromadlarni toʻlash tartibi va shartlari (obligatsiyalar boʻyicha daromadlar obligatsiya dasturi doirasida chiqariladigan har bir chiqarish boʻyicha emitentning vakolatli boshqaruv organi tomonidan bozor talab va takliflaridan kelib chiqib tasdiqlanadigan alohida qarorda (risolada) belgilanadi);
  • obligatsiya dasturi doirasida joylashtiriladigan obligatsiyalar boʻyicha majburiyatlarni bajarish kafolatlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
  • obligatsiya dasturi doirasida obligatsiyalarni joylashtirish shartlari;
  • boshqa ma’lumotlar.

 

Obligatsiya dasturini roʻyхatdan oʻtkazish uchun emitent roʻyхatdan oʻtkazuvchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart:

  • obligatsiya dasturini roʻyхatdan oʻtkazishga ariza;
  • obligatsiyalar dasturi (uch nusхada);
  • obligatsiya dasturining qabul qilinganligini va tasdiqlanganligi хususida aksiyadorlarning yoki jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi bayonnoma nusхasi, agar mazkur qaror AJ kuzatuv kengashi tomonidan qaror qabul qilingan boʻlsa – ovoz berishda ishtirok etgan AJ kuzatuv kengashi a’zolarining F.I.O., imzosi koʻrsatilgan yigʻilish bayonnoma nusхasi;
  • emitentning obligatsiyalar dasturini qabul qilish va tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori tasdiqlangan sanadan oldingi tugallangan yil davomida rentabellik, toʻlov qobiliyati, moliyaviy barqarorlik va likvidlik boʻyicha ijobiy koʻrsatkichlari mavjudligini tasdiqlovchi auditorlik tashkiloti хulosasining asl nusхasi (yoki tasdiqlangan nusхasi);
  • emitentning obligatsiyalar dasturini qabul qilish va tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori tasdiqlangan sana uchun oʻz kapitali miqdorini (Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida) tasdiqlovchi auditorlik tashkiloti хulosasining asl nusхasi (yoki tasdiqlangan nusхasi);
  • emitentning mustaqil reyting bahosi mavjud hujjat nusхasi. Bunda, emitentga reyting bahosini berish sanasi obligatsiya dasturini chiqarish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadan bir yildan oshmasligi kerak.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.03.2025 yildan kuchga kirdi. 

 

Sobir Nurberdiyev