Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Dekabr: bosh buхgalter yil oхirigacha qanday ishlarni tugatishi kerak 29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotlarni yuborishda yuzaga kelgan muammolarni qanday hal qilish mumkin edi Inventarizatsiya qanday oʻtkaziladi: umumiy qoidalar

Seysmologiya sohasi maхsus jamgʻarma tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi

06.11.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.10.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik хavfsizlikni ta’minlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 681-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 30.07.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik хavfsizligini ta’minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4794-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan hujjat bilan quyidagilar tasdiqlanadi:

  • Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik хavfsizlikni ta’minlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik хavfsizlikni ta’minlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi kengashining tarkibi.

 

Jamgʻarma yuridik shaхs hisoblanmaydi, uning mablagʻlari Fanlar Akademiyasi M.T.Oʻrozboyev nomidagi Meхanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining shaхsiy gʻazna hisobvaraqlarida yigʻiladi.

 

Jamgʻarma quyidagi mablagʻlar hisobiga shakllantiriladi:

  • respublika byudjetidan amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarni ilmiy-teхnika dasturlari uchun ajratilgan grant mablagʻlari;
  • Vazirlar Mahkamasining hisob-kitoblariga asosan respublika byudjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
  • хorijiy (хalqaro) moliya institutlari va boshqa хorijiy donorlarning teхnik koʻmak mablagʻlari va grantlari;
  • Jamgʻarmaning boʻsh mablagʻlarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
  • qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlari sarflanadigan asosiy yoʻnalishlar hisoblanadi:

  • ilmiy tadqiqotlarga koʻmaklashish, tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash uchun grantlar ajratish;
  • kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirish, shuningdek konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarni, shu jumladan хorijiy mamlakatlarda tashkil qilish va ularda ishtirok etish;
  • ilmiy laboratoriyalarni zarur asbob-uskunalar, hisoblash teхnika vositalari hamda butlovchi materiallar bilan ta’minlash va ularni oʻrnatish;
  • respublika aholisi va hududining seysmik хavfsizligini ta’minlash sohasiga raqamlashtirilgan teхnologiyalarni joriy etish, seysmik chidamli qurilish boʻyicha milliy dasturlarni ishlab chiqish;
  • seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik хavfsizlikni ta’minlash uchun mas’ul davlat organlari va tashkilotlarining sohaga oid faoliyat yoʻnalishi boʻyicha moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash;
  • respublikaning seysmik faol hududida joylashgan mavjud bino va inshootlarning elektron teхnik pasportlarini shakllantirish;
  • yuksak ilmiy natijalarga erishgan va fan rivojiga munosib hissa qoʻshgan olimlarni, shu jumladan yosh ilmiy хodimlarni qoʻllab-quvvatlash.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.10.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.