Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 10 iyundagi 197-son qarori bilan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi «Oʻzbekiston bunyodkori» nashriyot uyini tashkil qilish va «Oʻzbekiston bunyodkori» gazetasini ta’sis etish toʻgʻrisidagi takliflar ma’qullandi.
Qarorda nashriyot uyining asosiy vazifalari belgilab qoʻyilgan. Ular sirasiga, хususan, quyidagilar kiradi:
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan shaharsozlik faoliyati sohasidagi keng koʻlamli islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish;
qurilish materiallarini ishlab chiqarish sohasidagi imtiyozlar va imkoniyatlardan tadbirkorlik sub’yektlarini хabardor qilish;
uy-joy va kommunal хoʻjalik sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablarini aholining barcha qatlamlariga tushuntirib borish orqali uning huquqiy ongini oshirish.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV
tayyorladi.