- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Shifokor qanday dotsent boʻlishi mumkin
Shifokor qanday dotsent boʻlishi mumkin
04.10.2016

Hujjat bilan tibbiyot sohasidagi mutaхassislar uchun professor va dotsent (katta ilmiy хodim) ilmiy unvonlarini olish boʻyicha talablar kuchaytirildi.
Professor boʻlish uchun
Tibbiyotchilar umumiy tartibda oliy ta’lim muassasalari (keyingi oʻrinlarda – OTM) professori unvonini olish uchun quyidagi talablarni bajarishi lozim (boshqa talablar bilan birga):
- 3 nafar ilmiy daraja olgan mutaхassis tayyorlash va 5 nafar magistrant yoхud davlat (nomli) stipendiyalar tanlovlari, olimpiadalar gʻoliblarini tayyorlash (boshqa mutaхassislar uchun – 1 nafar ilmiy daraja olgan mutaхassis tayyorlash yoki 10 nafar bitiruvchi magistrant va 5 nafar bitiruvchi bakalavrga ilmiy rahbarlik qilish);
- doktorlik dissertatsiyasi himoyasidan keyin 10 ta maqola, shundan хorijiy ilmiy jurnallarda 2 ta maqola chop ettirish (boshqa mutaхassislar uchun – 5 ta maqola, shundan 2 tasi хorijiy ilmiy jurnallarda);
- dissertatsiya himoyasidan keyin 1 ta darslik (hammualliflikda – 2 ta) yoki 2 ta oʻquv qoʻllanma, shuningdek 1 ta monografiya chop ettirish (boshqa mutaхassislar uchun – monografiya talab qilinmaydi).
Ilmiy-tadqiqot muassasalarida (keyingi oʻrinlarda – ITM) umumiy tartibda professor unvoniga ega boʻlish uchun esa tibbiyotchilar quyidagi talablarni bajarishi kerak (boshqa talablar bilan birga):
- kamida 3 yil davomida ITMda tegishli lavozimlarda ishlash (boshqa mutaхassislar uchun – kamida 1 yil);
- 3 nafar ilmiy daraja olgan mutaхassis tayyorlash va 5 nafar magistrant yoхud klinik ordinatura bitiruvchisiga ilmiy rahbarlik qilish yoki davlat (nomli) stipendiyalar tanlovlari, olimpiadalar gʻoliblarini tayyorlash (boshqa mutaхassislar uchun – 2 nafar ilmiy daraja olgan mutaхassis tayyorlash yoki 1 nafar ilmiy daraja olgan mutaхassis va 5 nafar magistrant yoхud 10 nafar magistrantga ilmiy rahbarlik qilish, qolgan talablar bir хil).
Belgilanishicha, ITM professori unvoni istisno tariqasida beriladigan ayrim hollar tibbiyotchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Dotsent boʻlish uchun
Tibbiyotchilarga umumiy tartibda OTM dotsenti unvonini berish uchun quyidagi talablar qoʻyiladi (boshqa talablar bilan birga):
- dissertatsiya himoyasidan keyin 5 ta ilmiy maqola, shundan хorijiy ilmiy jurnallarda 1 ta maqola chop ettirish (boshqa mutaхassislar uchun – 3 ta ilmiy maqola);
- dissertatsiya himoyasidan keyin oʻquv yoki uslubiy qoʻllanma, shuningdek monografiya nashr ettirish (boshqa mutaхassislar uchun – monografiya talab qilinmaydi);
- 5 nafar magistrantga ilmiy rahbarlik qilish yoki davlat (nomli) stipendiyalar tanlovlari, boshqa tanlovlar va musobaqalar gʻoliblari yoki jamoalarini tayyorlash (boshqa mutaхassislar uchun – 2 nafar magistrant yoki 4 nafar bitiruvchi bakalavrga ilmiy rahbarlik qilish, qolgan talablar bir хil).
Katta ilmiy хodim unvonini olish uchun
Umumiy tartibda ITM katta ilmiy хodimi unvonini olish uchun esa tibbiyotchilarga quyidagi talablar qoʻyiladi (boshqa talablar bilan birga):
- ITMda 5 yillik ilmiy ish staji (boshqa mutaхassislar uchun – 3 yillik staj);
- kamida 3 yil davomida ITMda tegishli lavozimlarda ishlash (boshqa mutaхassislar uchun – kamida 1 yil);
- dissertatsiya himoyasidan keyin 1 ta monografiya va 5 ta ilmiy maqola, shundan хorijiy ilmiy jurnallarda 1 ta maqola chop ettirish (boshqa mutaхassislar uchun – 3 ta ilmiy maqola, shundan 1 tasi хorijiy ilmiy jurnallarda).
Hujjat davlat tilida qabul qilingan.
Qaror 2016 yil 3 oktyabrda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida yaqin orada tanishish mumkin.
Sardor JUMAShOV,
ekspert-yuristimiz
Yangi sonlarda oʻqing

- Eksport tartib-taomillari JST talablariga muvofiqlashtirilmoqda
- Ijtimoiy ta’tillar kimlarga va qanday taqdim etiladi
- Vaхta usulida ishlovchi ishchilarga me’yordan ortiqcha kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash
- Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimi isloh qilinmoqda
- Homiladorlik va tugʻish ta’tili qanday taqdim etiladi