Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (roʻyхat raqami 2946, 2017 yil 8 noyabr) bilan retseptsiz beriladigan dori vositalarining yangilangan Roʻyхati tasdiqlandi.
Ta’kidlash joizki, roʻyхatga muhim oʻzgartirishlar kiritildi. Avvalgi tahriri (oʻz kuchini yoʻqotgan deb topildi) bilan qiyoslaganda roʻyхat 1225 dan 1254 nomgacha kengaytirildi. Bunda unga 129 ta yangi nom qoʻshildi, 100 tasi – chiqarib tashlandi.
Retseptsiz beriladigan dorilar roʻyхati bilan havola boʻyicha tanishish mumkin.
Hujjat 9.11.2017 yilda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz.