Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Shikoyat boʻyicha birinchi majlis qachon oʻtkaziladi?

26.03.2019

Rus tilida oʻqish

 

Iqtisodiy protsessual kodeksda birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini qayta koʻrish toʻgʻrisidagi shikoyatni (protestni) koʻrish boʻyicha birinchi majlis oʻtkaziladigan muddat qayd etildi (20.03.2019 yildagi OʻRQ–531-son Qonun).

 

Iqtisodiy ish boʻyicha birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori apellyatsiya, kassatsiya (agar apellyatsiya tartibida koʻrilmagan boʻlsa) tartibida va nazorat tartibida qayta koʻrilishi mumkin. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari (birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorlari va ajrimlari; apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalarining qarorlari va ajrimlari) ham yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrilishi mumkin.

 

Belgilanishicha, birinchi sud majlisi quyidagi kundan e’tiboran 20 kundan kechiktirmay oʻtkazilishi kerak:

  • apellyatsiya va kassatsiya shikoyatini (protestini), shuningdek qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisida arizani ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan;
  • nazorat shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish va uni koʻrib chiqish uchun Oliy sudning iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hay’atiga oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan.

 

Tegishincha, ishda ishtirok etuvchi shaхslar uchun bu chaqirib olingan apellyatsiya va kassatsiya shikoyatini (protestini) mazkur 20 kunlik muddat ichida sudga yoʻllash zarurligini anglatadi.   

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 21.03.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.