Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ–3454-son qarori bilan shaхsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallarning yangi stavkasi tasdiqlandi.
2017 yilda fuqarolarning ShJBPHga oʻtkaziladigan har oylik majburiy badallari JShDS solinadigan daromadlaridan 1% miqdorida hisoblab chiqarilar edi.
1.01.2018 yildan boshlab ShJBPHga oʻtkaziladigan har oylik badallar miqdori 2%gacha oshirildi.
Bunda JShDSning ShJBPHga oʻtkaziladigan mablagʻlar summasiga kamaytirilishi tartibi saqlanib qolindi (ya’ni badallar summasi hisoblangan daromad soligʻi summasidan chegirib tashlanadi – tahr.).
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Muzaffar Mirzagʻaniyev.