Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Siyosiy boshpana berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma shakli tasdiqlandi

11.05.2018


Ichki ishlar vazirining buyrugʻi (10.05.2018 yilda 3008-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan siyosiy boshpana berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma shakli tasdiqlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, uni olish tartib-taomillari Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (29.05.2017 yildagi PF–5060-son Farmonga ilova) bilan belgilanadi. Tushuntirishlar – bu yerda.

 

Hujjatda oʻzi toʻgʻrisidagi standart ma’lumotlardan (F.I.O., tugʻilgan sanasi va joyi, fuqaroligi, millati va pasport ma’lumotlari) tashqari shaхs boshqa davlatda yoki yashash joyida nimalar uchun ta’qib qilinayotganligini, shuningdek bunday хavf yuzaga kelishi sabablarini koʻrsatish talab etiladi.

 

Bundan tashqari, iltimosnomada siyosiy boshpana soʻralayotgan yaqin qarindoshlarni ham koʻrsatish mumkin. Bu holda ular ham iltimosnomani imzolashlari kerak boʻladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.05.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_