Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar: hozirgi holat va yechimini kutayotgan masalalar Korporativ tadbir oʻtkazish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Umumiy ovqatlanish sohasida tayyor mahsulotlar (taomlar) va tovarlarning realizatsiya qilinishi qanday hisobga olinadi

Sigaretalar qutisida ogohlantiruvchi suratlar beriladi

09.01.2020

Rus tilida oʻqish

 

Tasvirlar namunalari Tamaki mahsulotlari toʻgʻrisidagi umumiy teхnik reglamentga ilova koʻrinishida tasdiqlangan, u 2020 yil fevraldan kuchga kiradi (25.12.2019 yildagi 1034-son VMQga qarang).  

 

Tasvirlarda tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida kelib chiqadigan kasalliklar asoratlari izohlovchi matn bilan ifodalangan. Qoidalarga koʻra suratlar namunalari ular tasdiqlangan kundan boshlab bir yil ichida qutilarda paydo boʻlishi kerak. Keyinchalik namunalar 5 yilda kamida 1 marta yangilanadi.

 

Ogohlantiruvchi suratlar chekiladigan va chekilmaydigan tamaki mahsulotlari iste’mol qutisining old va orqa tomonlariga rotatsiya tamoyili boʻyicha tushiriladi. Tasvir tiniqligi 300 dpi dan (har bir dyuymga nuqtalar) kam boʻlmasligi kerak.

 

Iste’mol qutisi va blok old yoki orqa tomonining boʻyi va eni nisbati muayyan ahamiyat kasb etadi. Quyidagi oʻlchamlarni tashkil etganda:

a) 1,28 dan kam boʻlganda:

  • tasvir maydoni iste’mol qutisi va blokning har bir asosiy tomoni maydonining kamida 40%ini egallashi sharti bilan ogohlantiruvchi tasvir oʻlchamlari oʻzgartiriladi;
  • ogohlantiruvchi tasvir iste’mol qutisi va blok asosiy old va orqa tomonlarining chap burchagida joylashtiriladi;

b) 1,28 ortiq va 1,92 dan kam boʻlganda, tasvir maydoni iste’mol qutisi va blokning har bir asosiy tomoni maydonining 40%ini egallashi sharti bilan ogohlantiruvchi tasvir oʻlchamlari oʻzgartiriladi;

v) 1,92 dan ortiq boʻlganda:

  • ogohlantiruvchi tasvir oʻlchamlariga uning eni iste’mol qutisi va blok eniga mos keladigan qilib oʻzgartirish kiritiladi;
  • tasvir tushirilmagan, biroq shunga moʻljallangan maydonga iste’mol qutisi va blok asosiy tomonlarining eni boʻylab Pantone 448S ga mos keladigan rang beriladi. Ikkala maydon hajmi jamlikda iste’mol qutisi va blokning asosiy tomonlari egallagan maydonning 40%idan kam boʻlmasligi lozim;
  • ogohlantiruvchi tasvirlarda joylashtirilgan matn (matnning bir qismi) oq rangli katta harflarda, quyuq, oson oʻqiladigan shriftda beriladi, shrift oʻlchami eng uzun qator matn joylashtiriladigan joyning chekkasigacha boradigan qilib imkon qadar kattalashtirilishi kerak. Satr oraligʻi shrift balandligidan oshmasligi lozim.

 

Har qanday holatda ham tushiriladigan tasvir mutanosibligi tasdiqlangan namunadagi mutanosiblikka nisbatan 20%dan oshmagan holda oʻzgartirilishi mumkin boʻladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.03.2020 yildan kuchga kiradi. 

 

Oleg Zamanov.